insurez
03-07-2024 21:16

"Mahalladagi kitobxon" Respublika ko'rik-tanlovi g'olibasiga sovg'alar topshirildi


O'zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Mahalladagi kitobxon" tanlovida Nurobodlik Shabnam Toshmurodova g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egallagani to'g'risida avval ham xabar bergan edik. Bugun g'olibamiz yashash xonadoniga O'zbekiston Mahallalari uyushmasi mas'ul xodimlari, O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i Sh.Yo'ldoshev va tuman hokimi S.Berdiqulov tashrif buyurib, ushbu yuksak natijani munosib e'tirof etishdi. O'zbekiston Mahallalari uyushmasi mas'ullari yosh g'olibamizni tabriklab, bu muvaffaqiyatlar bilan aslo to'xtab qolmaslik lozimligini, o'z ustida tinimsiz ishlash va puxta bilim olish orqali yurtimiz uchun munosib kadr bo'lib yetishishini tilagan holda kitobxonlikni keng yoyishdek ezgu ishga munosib hissa qo'shishga chaqirishdi. Shuningdek, Sh.Toshmurodova erishgan ushbu yutuqlar zamirida ota-onasining mehnati, farzandi ta'limiga bo'lgan yuksak e'tibori muhim o'rin tutishi alohida ta'kidlandi. Sh.Toshmurodovaga O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan zamonaviy noutbuk, I darajali diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

Teglar
- -