insurez
13-07-2024 18:03

"Mahalladagi kitobxon" Respublika ko'rik-tanlovi g'olibasi Shabnam Toshmurodovaga kitob javonlari topshirildi


O'zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Mahalladagi kitobxon" tanlovida Nurobodlik Shabnam Toshmurodova g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritganligi to'g'risida avval ham xabar bergan edik. Tuman hokimi S.Berdiqulov g'olibamiz yashash xonadoniga tashrif buyurib, Sh.Toshmurodova bilan muloqot davomida badiiy, bolalar adabiyotlari, milliy va jahon adabiyotlariga oid 200 dan ortiq kitoblari mavjudligini aytib, shaxsiy kutubxonasi uchun kitob javoniga ehtiyoji borligini bildirgan edi. Bugun tuman hokimligi mas'ullari ishtirokida Sh.Toshmurodovaga kitob javonlari topshirildi. Zero, kitob yigʻish yaxshi, ularni oʻqimoq esa eng foydalidir.

Teglar
- -