Kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o'tkazish mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani Issiqlik manbai DUK da kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, is gazidan zaharlanish holalarining oldini olish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash, tabiiy gaz va suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berish mavzularida o'quv-seminari o'tkazildi.
Seminarda tuman hokimi S.Berdiqulov, sektor rahbarlari, qurilish va kommunal sohasi tashkilotlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
O'quv-seminari davomida Issiqlik manbai DUKning kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati ko'zdan kechirilib, seminar ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda dastlab amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, korxona va tashkilotlarda yong'in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishning nechog'li muhimligi, is gazidan zaharlanish bilan bog'liq noxush holatlarning oldini olish yuzasidan kerakli tushuncha va ma'lumotlar berildi.