insurez
18-09-2024 15:42

Kambag'allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda


Nurobod tumanini kambag'allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha  tumandagi barcha 39 ta mahallalarga tashkilotlar va rahbarlardan iborat mas'ullar biriktirilib, joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, 3-sektor rahbari, tuman IIIB boshlig'i A.Otamurodov o'ziga biriktirilgan mahallalar hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo'qotgan va ehtiyojmand oilalar xonadoniga tashrif buyurib, o'rganish ishlari olib bordi.

Oilalarning turmush tarzi, yashash sharoiti va moddiy ahvoli bilan tanishib, o'zlariga mos ish o'rni orqali bandligini ta'minlash, jamiyatning faol a'zosiga aylantirish hamda boshqa bir qator amaliy va moddiy yordamlar ko'rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -