Istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo'nalishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish borasida bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Ayni shu ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov va Hindistonning Larsen & Toubro: L&T India kompaniyasi vakillari o'rtasida iqtisodiy uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda tumanning Sazag'on va Olg'a mahallalari hududida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 334 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi hamda uning faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi podstansiyani qurish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama etilib, yakunda o'zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Shundan so'ng, Larsen & Toubro: L&T India kompaniyasi mas'ullari hamda mahalliy tadbirkorlar o'rtasida muloqot uyushtirilib, ikki tomon o'rtasidagi texnika, maishiy, ijtimoiy va boshqa xizmatlar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.