insurez
13-07-2024 10:34

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish boshlandi


Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin. Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi. Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Teglar
- -