II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsman. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun o‘z vaqtida bormadim. Pensiyam to‘xtatiladimi?
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsman. Qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun o‘z vaqtida bormadim. Pensiyam to‘xtatiladimi? Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida kelmagan taqdirda pensiyani to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi. Pensiya fuqaro TIEKga yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilgan kundan boshlab tiklanadi. (https://t.me/PensionFundRUz/5954) Agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga kelmaganligi sababli pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilsa va qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin fuqaro nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etilmasa, u holda pensiya to‘lash vaqtinchalik to‘xtatib turilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.