Hamkorlik kelishuvlari kengaymoqda
Nurobod tumani va Xitoy ishbilarmon doiralari ishtirokida qator hamkorlik kelishuvlariga erishilib, qo‘shma loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov va Xitoy investorlari ishtirokida iqtisodiy uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda tumanda tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, soha doirasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish va buning uchun kiritiladigan xorijiy investitsiya, investorlar uchun kommunikatsiya, yo'l infratuzilmasi va boshqa sohalarda yaratib beriladigan sharoit va imkoniyatlar masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar yakunida ikki tomon uchun ham manfaatli, soha rivojini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladigan shartnomalar imzolandi.