insurez
27-07-2024 11:40

Gala-konsertga marhamat!


Hurmatli Nurobodliklar va tumanimiz mehmonlari!

Qaynoq yoz oqshomini biz bilan birgalikda maroqli va zavqli o‘tkazishga nima deysiz?!

Ayni kunlarda butun Respublikamiz bo‘ylab yoshlarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun turfa imkoniyatlar yaratish hamda aholiga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Chilla – iste’dodlar mavsumi” loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.

“Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan va ko‘plab yosh iste’dod egalarini kashf etib berayotgan ushbu loyiha Nurobod tumanida ham start olmoqda.

Xususan, “Chilla – iste’dodlar mavsumi” loyihasi doirasida bugun soat 18:00 da Sazag‘on mahallasi “Qo‘shchinor” oromgohida estradamiz yulduzlari, el ardog‘idagi xonanadalar Ilhom Farmonov va Shohruxbek Ergashev ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Aziz tumandoshlar, barchangizni qaynoq yangiliklar va yuqori kayfiyat ulashishi kutilayotgan bayram tantanalariga taklif etamiz!

Teglar
- -