“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida tuman sektor rahbarlari, viloyat va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirok etdi.
Tuman rahbari o‘quvchilarga xalq ta’limi sohasidagi islohotlar, tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab, yangi o‘quv yilida ularning o‘qishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.