insurez
30-09-2024 17:34

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2024-yilgi mavsumi qizg'in ruhda davom etmoqda


"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2024-yilgi mavsumi qizg'in ruhda davom etmoqda.

Olimpiada doirasida bugun Nurobod tumanida sportning kurash turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining tuman bosqich bahslari bo'lib o'tdi.

Unda sektor bosqichidan g'olib bo'lgan yosh va mahoratli polvonlar o'zaro raqobatga kirishishdi.

Murosasiz ruhda o'tgan bahslar yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar musobaqaning keyingi, viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi.

Teglar
- -