insurez
06-07-2024 17:23

“Besh tashabbus olimpiadasi- 2024”: Nurobodning eng kuchli shaxmat va shashka ustalari aniqlandi


Nurobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in ruhda davom etmoqda. Bugun olimpiada doirasida shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalarning tuman bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 7 yoshdan 70 gacha bo‘lgan shaxmat va shashka ishqibozlari g‘oliblik uchun o‘zaro bahslarga kirishishdi. Yakunda o‘z toifalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keying, viloyat bosqichi yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi va ularga tashkilotchilarning diplom hamda edalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -