Avstriyalik investorlar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov va Avstriyaning “Lasselsbberger GmbH” kompaniyasi vakillari ishtirokida iqtisodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda ikki tomon o'rtasidagi quruq va tayyor qurilish materiallari, "Terasio" dekorativ plitkalari, imulsion bo'yoqlar va keramogranit plitkalari ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlik, do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama etildi.
Tuman rahbari ikkala tomon o'rtasidagi hamkorlikdan mamnunligini bildirib, amalga oshirilishi maqsad qilingan qo'shma loyihalar rivoji va yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishish uchun barcha kerakli sharoit va imkoniyatlar yaratib berilishini ta'kidladi.
Albatta bunday istiqbolli kelishuv va rejalar tumanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi oshishiga, yangi bo‘sh ish o‘rinlari yaratilib, aholi turmush darajasi yanada oshishiga xizmat qilishi, shubhasiz.