insurez
11-11-2024 13:10

Aholi bilan muloqotlar – xalq manfaatlari garovi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, bandlikni ta’minlash, tibbiyot va boshqa masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlar yo‘llandi.

Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, muammolarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.
 

Teglar
- -