Aholi bandligini ta'minlash, daromadini oshirish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
Avval xabar berganimizdek, Nurobod tumanini kambag'allikdan holi hududga aylantirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan edi.
Bugun ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan Nurobod tumani hokimi S.Berdiqulov mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiynalgan va nogironligi bor, doimiy daromad manbaiga ega bo'lmagan fuqarolar xonadoniga tashrif buyurib, ularning yashash sharoiti va moddiy ahvoli bilan tanishdi.
Ushbu oilalar daromadini oshirish, farovonligini ta'minlash bo'yicha o'rganishlar o'tkazilib, ularning bandligini va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarini ta'minlash, salomatligini tiklash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.