insurez
11-09-2024 09:52

Munosabat


Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi fuqarolari tomonidan ichki xo'jalik yo'llarining ta'mirtalab holatda ekanligi to‘g‘risidagi video murojaat xabarlar tarqaldi.

Mazkur murojaat xabarlar tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi mas'ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan ichki xo'jalik yo'li 2023-yilda tosh-shag'al qoplamali yo'lga aylantirilgan bo'lib, bugungi kunda yuk avtomobillarining doimiy qatnovi hamda ko'p yog'ingarchilik tufayli ta'mirtalab holatga kelib qolgan.

Mazkur ichki xo'jalik yo'li joriy yil yakuniga qadar ta'mirlanishini ma’lum qilamiz.

Teglar
- -