insurez
05-06-2024 11:25

5-iyun - "Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni"


Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1972-yili Stokgolm shahrida o‘tkazilgan konferentsiyada 5-iyun - "Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni" deb e’lon qilingan edi. Bu kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib, insoniyatni tabiatni asrashga, mavjud muammolarni hal qilishga chorlab turadi, ezgu tashabbuslar ro‘yobiga zamin yaratadi. Bugun Nurobod tumani hokimligida 5-iyun - "Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi S.Berdiqulov so'zga chiqib, ekologiya sohasi vakillarini ushbu kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Bir guruh soha fidoyilariga tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Teglar
- -