insurez

Nurobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar xamda yil yakuniga qadar kutilayotgan ko‘rsatkichlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli dasturlar

Nurobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar xamda yil yakuniga qadar kutilayotgan ko‘rsatkichlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli dasturlar

 

-sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi 499,6 mlrd. so‘mga yoki 103,1 foizga;

-xizmatlar hajmi 618,8 mlrd. so‘mga yoki 110,6 foizga;

-qishloq xo‘jaligimaxsulotlari yetishtirish hajmi 1219,1 mlrd. so‘mga yoki 108,4 foizga;

-qurilish ishlari hajmi 141,9 mlrd. so‘mga yoki 126,2 foizga;

-eksport hajmi 1,1 mln. dollarni yoki 30,5 foizga;

-import hajmi 21,5 mln. dollarni yoki 100 foizga o‘sishni tashkil etdi.

Shuningdek, yil boshiga 4410 ta kambag‘al oilalarda 19918 nafar aholi bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning 1 dekabr xolatiga 3450 ta oilada 15328 nafar aholi kambag‘al oilalarda istiqomat qilmoqda. Kambag‘allik darajasi 12,4 foizdan 9,5 foizga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330 qarori va PF-143 sonli farmonlari bilan tumanda keng qamrovli ishlar olib borildi.  960 ta oila (4590 nafar oila a’zolari)  kambag‘allikdan chiqarildi. Jumladan, 125 ta oilaga imtiyozli kreditlar, 128 nafariga turli yo‘nalishlarda subsidiyalar, 140 nafari kasb-xunarga o‘qitishga jalb etildi, 107 nafari doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 460 nafari banklar va xokim yordamchilari tomonidan hamkorlikda “Sayxunobod” va “Uychi” tajribalari asosida bandligi ta’minlandi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari bo‘yicha:

2024 yil 1 dekabr holatiga tumanda  davlat  ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat yuritayotgan jami tadbirkorlik sub’yektlari soni            2 755 tani tashkil etib, shundan,

  - 1833 tasi yuridik shaxslar;

 - 922 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar;

 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan tadbirkorlik sub’yektlari soni 1098 taga yoki 77,3 foiz  oshgan.

 

Investisiya va tashqi savdo yo‘nalishida. Investisiya dasturlariga asosan, joriy yilda qiymati 68,3 mlrd. so‘m bo‘lgan 29 ta loyiha ishga tushirildi va 167 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda dasturdan tashqari qo‘shimcha ravishda 6 ta loyiha qiymati 18,9 mlrd so‘mlik loyihalar ishga tushirilib, 522 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tumanning salohiyatidan kelib chiqqan holda eksport ko‘rsatkichlari 12,3 mln. dollarga prognoz rejasi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 25 dekabr holatiga reja 13,7 mln. dollarga bajarildi.

Hozirda tumanda eksportyor korxonalar soni jami 11 tani tashkil etib, 7 ta korxona tomonidan 6 ta davlatga 14 turdagi  mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

2023 yilda tumanning salohiyatidan kelib chiqqan holda eksport ko‘rsatkichlari 16 mln. dollarga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ko‘rsatkichlari esa 13,8 mln. dollarga prognoz rejasi belgilab olindi. 

 

        Aholi bandligi bo‘yicha:

Tumanda mehnat resurslari 81 ming 677 nafarni, iqtisodiy faol aholi 60 ming 957 nafarni, rasmiy band aholi 17 ming 232 nafarni, norasmiy band aholi 33 ming 969 nafarni, chet elga ishlash uchun ketganlar 3 ming 808 nafarni, ishsizlar yil boshida 4397 nafarni ishsizlik darajasi 7,2 foizni tashkil etgan.  Ishsizlar hozirda                    3392 nafarni, ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashkil etmoqda.

Muxtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilgan 4 ta tajriba, ya’ni Sayxunobod, Zarbdor, Uychi va Gʻijduvon tajribalari yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanish, mahallalarda drayver loyihalarni ishlab chiqish va sanoatni rivojlantirishda dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Joriy yil mobaynida  “Sayxunobod tajribasi” asosida 39 ta mahallalarda jami 1170 ta mikroloyihalar amalga oshirishni rejalashtirgan edik.

Shundan bugungi kun holatiga 1209 ta loyihalar amalga oshirildi. 1748 ta ish o‘rinlari yaratildi. Loyihalarni ishga tushirish uchun 33,4 mlrd so‘m o‘z mablag‘i va 30,0 mlrd. so‘mlik bank kreditlari sarf etilgan. Tarmoqlar bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, sanoat yo‘nalishida 5,9 mlrd so‘mlik 148 ta loyiha 238 ta ish o‘rni, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati 14,1 mlrd. so‘mlik 354 ta mikroloyihalar, ish o‘rni 495 nafar, qishloq xo‘jaligida umumiy qiymati 43,4 mlrd. so‘mlik 707 ta loyihada 1015 nafar ish o‘rni yaratildi.

Kelgusi yilda ham mazkur tajriba bo‘yicha ishlar tuman mahallalarida davom ettirilib, 1560 ta mikroloyihalar ishga tushirilishi va 3120 nafar yangi ish o‘rinlari  yaratilishi belgilangan.

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha “Uychi tajribasi” asosida iyul-dekabr (2-yarim yillik) oylari mobaynida bank mijozlari bilan 420 ta uchrashuvlar o‘tkazish va buning natijasida 2150 ta ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Amalda bugungi kun xolatiga banklar tomonidan 656 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, 2364 ta ish o‘rinlari yaratildi. Uchrashuvlarda , 321ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 162 ta murojjaatlar hal etilgan, respublika darajasidagi 4 ta murojaat, viloyat darajasida 155 ta murojaat tegishli bo‘yicha hal etishlik uchun yuborilgan.

2025 yilda ham banklar tomonidan mazkur tajriba doirasida 72 ta mikroloyihani ishga tushirish, 360 ta uchrashuvlar o‘tkazishi orqali 2559 ta ish o‘rinlarini yaratish belgilangan.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 9-yanvar kungi  “2024 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi  PQ-7-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumanida 2024 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan yil davomida tumanda jami 9618 ta ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, dasturga asosan yanvar-dekabr oylari uchun belgilangan reja asosan 9618 nafar aholi bandligini ta’minlash belgilangan bo‘lib, “Yangiish.mehnat.uz” dasturiga 10236 ta (106,4 foiz) band qilingan aholi ro‘yxati kiritildi va soliq bazasidan tasdiqllangan. Shundan investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 857 ta reja berilgan bo‘lsa amalda 277  rejaga nisbatdan (32,3 foizga), xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha 4964 ta reja berilgan bo‘lsa amalda 6937 taga rejaga nisbatdan (139,7 foizga), qishloq xo‘jaligi bo‘yicha reja 3485 ta berilgan bo‘lsa amalda 2609 taga rejaga nisbatdan (74,9 foizga), qurilish soxasi bo‘yicha 312 ta reja berilgan bo‘lsa amalda 413 taga rejaga nisbatdan (132,4 foizga) bajarilgan.

 

Nurobod tumanida 2025 yilda:

4995 nafar aholini doimiy daromad bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, 4644 nafarni o‘zini o‘zi band qilish, 200 ta tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish, 360 ta YATT tashkil etish, 5396 nafar shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish, 1560 ta mikroloyihalar tashkil etib 3120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari asosida 2959 nafar aholi bandligini ta’minlash, 389 nafarga ijaraga yer ajratish, 723 nafarini zamonaviy kasblarga o‘qitish va 248 nafarini tashkillashtirilgan migratsiyaga yuborish, kambag‘al oilalar sonini 2010 tagacha pasaytirib, 8845 nafarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlik darajasini 5,2 foizgacha tushirish, tadbirkorlik sub’yektlari sonini 2 033 taga yetkazish, yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini 1282 nafarga yetkazish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sonini 23 952 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Ushbu rejalar  aholini moliyaviy qo‘llab quvvatlash mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Jumladan, kelgusi yilda jami 72,2 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bular Kichik biznesni qullab quvvatlash kompleks Dasturi asosida 24,8 mlrd. so‘m, Xamroh tadbirkor ayollarni qo‘llab quvvatlash dasturi asosida 3,3 mlrd. so‘m, Oilaviy tadbirkorlik Davlat dasturi asosida 37,2 so‘m mlrd. va 6,9 mlrd. so‘m  “Biznesga birinchi qadam” dasturi ajratilishi rejalashtirilmoqda. 

 

Yoshlar va ijtimoiy rivojlantirish yo‘nalishida:

2024 yilning o‘tgan davrida “Yoshlar daftari”ga 885 nafar yoshlar kiritilib, 779 nafar yoshlarga amaliy ko‘mak berildi. 779 nafar yoshlarga 1 mlrd 65 mln so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.

Jumladan: tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga, kontrakt to‘lovlari, ijara tulovi uchun subsidiya, tibbiy xizmatlar, bir martalik moddiy yordam pullari, MPR pullari, zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun mablag‘, ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari, tasdiqlangan tuman darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga hamda boshqa xarajatlar uchun mablag‘lar yo‘naltirildi.

7 toifadagi 16 036 nafar  yoshlar otaliqqa olindi.

Besh tashabbus olimpiadasiga qamrab olingan yoshlar 5 324 nafar, harbiy vatanparvarlik tadbirlariga jalb etilgan yoshlar 1 687 nafar, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilgan yoshlar 4 500 nafar, Uch avlod uchrashuvlariga jalb qilingan yoshlar 841 nafar, Yoshlar festivallariga jalb qilingan yoshlar 5 600 nafar, Fan va sport olimpiadalariga jalb qilingan yoshlar 385 nafar,  Rahbar va yoshlar uchrashuvlariga jalb qilingan yoshlar 1022 nafar,  Ichki turizm sayohatlariga 524 nafar yoshlar  jalb etildi.

PQ-153 sonli qarorini ijrosini bo‘yicha Nurobod tumanida jami 285 nafar yoshlarga 11 ta mahalladan 187 gektar yer ajratilgan.

Ajratilgan yer maydonlariga 134 nafar yoshlar mosh maxsuloti, 16 nafar yoshlar loviya maxsuloti, 2 nafar yoshlar piyoz mahsuloti 4 nafar yoshlar kungaboqar maxsuloti, 56 nafar yoshlar makkajo‘xori mahsulotlari yetishtirgan.

Bugungi kunda tuman aholisiga 215 o‘rinli 1 ta markaziy shifoxona, 1 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, 3 ta xududiy bo‘lim, 3 ta Oilviy poliklinika va 14 ta Oilaviy shifokorlik punktlari xamda ularning 27 ta filyallar tomonidan JAMI 48 ta davolash profilaktik muassasalari tomonidan axoliga stasionar va ambulator yo‘nalishda tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.

Kasalliklarni oldini olish va erta aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklarni o‘tkazilib kelinishi natijasida diyarli barcha kasalliklarni aniqlanishi ko‘paydi, tuman shifoxonasida stasionar sharoitda davolanganlar va birlamchi tizimda ambulator sharoitda davolanganlar soni xam ko‘paydi.

Yangi 12 ta davolash va 20 tadan ortiq diagnostik usullari joriy qilindi. Buning natijasiga tuman axolisni boshqa joylarga borib sarsongarchiligini oldi olindi.

Shu vaqtgacha ishlatilmasdan yotgan Endaskop, Elektroensefalografi, EXO ensefalografiya, Veloergometriya apparatlari va 12 bemorga bir vaqtning o‘zida kislorod berish imkoniga ega bo‘lgan kislorod apparati ishlatildi.

Uzoq yillar davomida davolanishni imkonini topmay yurgan murakkab operasiyaga muxtoj 200 nafardan ziyot bemorlarda byudjet mablag‘lari xisobidan murakkab operasyalar o‘tkazilib sog‘lomlashtirildi.

Axolisi tarqoq va siyrak joylashgan olis va cheka qishloqlarda ishlayotgan patronaj tibbiyot xodimlarimiz uchun 10 ta elektroveliklar va 354 nafar patronaj xamshiralar yangi sumka bilan ta’minlandi.

Yaqinda Markaziy shifoxonani MA’MURIYAT bo‘limi uchun yangi bino qurildi. Yuqumli kasalliklar bo‘limni ta’mirdan chiqarildi.

Xozirgi vaqtda Sepki oilaviy poliklinika va Reabilitasiya bo‘lim uchun yangi bino qurish ishlari olib borilmoqda.

Uzoq yillar davomida shifokorlar borib ishlamangan va shifokorlar borib ishlashni xoxlamagan joylarda bugungi kunda bo‘sh ish o‘rinlari diyarli yo‘q. Hurmatli Perzidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan foydalangan xolda bugungi kunda “Qishloq shifokorlik dasturi” doyrasida 20 nafardan ortiq shifokorlar tumanimizning olis va chekka hududlardagi tibbiyot muassasalarga ishlamoqda.

Markaziy shifoxonaga Yuz jag‘ xirurgi, Kardilog, Travmatolog va Nevrapatolog mutaxassislari ishga jalb qilindi. Bu yosh mutaxassilarni ishga olish natijasida tumanda shu vaqtgacha joriy qilinmagan davolash va tashxislash usullari joriy qilinmoqda.

Nurobod tumani Maktabgacha va maktab  ta’limi bo‘limi tasarrufida 78 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 175 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 28 tasi davlat, 140 tasi oilaviy va 7 tasi davlat-xususiy sheriklik asosidagi muassasalardir.

2024-yilda tumanda 6 ta (1,4,10,27,34,62) maktablarni rekonstruksiya qilish (qoʻshimcha bino qurish), 1 ta (53) maktabni  mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

 

2024 yilda  qurilish sohasida amalga oshirilgan loyihalar:     

        Tumanda Navro‘z massivida  2 ta 20 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirildi. Investisiya dasturi doirasida PQ-404 sonli qarori asosida 1, 4, 10, 27, 34, 62 maktablarga qo‘shimcha binolar foydalanishga topshirildi. 53 maktab mukammal ta’mirlab foydalanishga topshirildi.

Urgut-2 SIZ Sazag‘on massivida 4.5 km asfalt yo‘llar qurildi. Opyen byudjet dasturi bo‘yicha Qo‘rg‘oncha, Omondara, Boshquduq hamda Arabota mahallalarida umumiy uzunligi 21.0 km uzunlikda yo‘llar asfalt qoplamali yo‘llarga aylantirildi.

Xalqobod mahallasida 4 trasformator hamda 264 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi.

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida elektr energiyasi bo‘yicha: Mash’al MFYda 46 dona temir beton ustunlari, 1 transformator hamda 1.5 km havo tarmog‘i tortildi. Sharq Yulduzi MFYda 58 dona temir beton ustunlari, 1 transformator hamda 1,8 km havo tarmog‘i tortildi,  Omondara MFY 16 km elektr havo tarmog‘i tortildi.

Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Nurdum MFY 2.0 km, Po‘latchi MFY 2.0 km, Mash’al MFY 2.0 km, O‘rtabuz MFY 2.0 km, Qilichli MFY 1.0 km, Ittifoq MFY 1.0 km, Nurbuloq MFY 5.0 km jami 15 km shag‘allashtirildi. Ulus MFY 1.0 km asfalt yotqizildi.

Suv ta’minoti bo‘yicha Do‘stlik MFYda 1 dona suv inshooti hamda 7.0 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Ulus MFYda 1 dona suv inshooti hamda 5.0 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 17-sonli maktab joriy ta’mirlandi. 7-sonli DMTT qo‘shimcha binolari qurilish hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

          Avtomobil yo‘llari

4R-52 “Sarikul – Ulus – Nurobod – Tim - Navoiy”(0-116km) avtomobil yulining  65-70 km qism oralig‘iga 5.0 km asfalt qoplamasi yotqizildi.

4N-553 «Shurcha-Nurdum-Jarquduq» 0-31 km avtomobil yo‘lining Nurdum MFY hududidan o‘tuvchi 1.3 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

4K-546 «Nurobod-Boshquduq-Ulus» 0-24 km avtomobil yo‘lining Yuksalish MFY hududidan o‘tuvchi 4.0 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

4K-544 “Qizilquyosh qishlog‘iga kirish” (7-13km) avtomobil yo‘lining 7-11 km oraliq qismiga 2.5 km asfalt qoplamasi yotqizildi.

-50.4 km tuproq yo‘llar shag‘al yo‘llarga aylantirildi.

-4.0 km piyodalar yo‘laklari barpo etildi.

Gaz ta’minoti bo‘yicha

0.6 km gaz quvurlari, 1 dona gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlandi. 97 dona gaz taqsimlash punktlari tuliq taftish ishlari qilindi, 11 km gaz quvurlari havo bosimi yordamida tozalandi, 10 km yer osti gaz quvurlari tekshirildi, 5.7 km gaz quvurlari bo‘yoqlandi, 200 dona gaz balonlar tarqatildi,

Elektr energiyasi  bo‘yicha

201,0 km elektr xavo tarmoqlari hamda 46 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi, 396.2 km elektr xavo tarmoqlari hamda 79 dona transformator punktlari joriy ta’mirdan chiqarildi, Qurg‘oncha MFY 49 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi va 1.5 km tarmoq tortildi. 1 dona TP o‘rnatildi, Tyepaqul MFY ga 22 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi, Oqsoy MFY ga 10 ta temir beton ustunlar o‘rnatildi, Xalqobod MFY da 19 ta temir beton ustun hamda 1 dona TP olib kelindi, Sazag‘on MFY da 1 dona TP ishga tushirildi, Mexnatkash MFY da 18 temir beton ustun o‘rnatildi, 1 dona TP ishga tushirildi hamda 0.7 km tarmoq tortildi, Dustlik MFY da 1 dona TP ishga tushirildi, Buloqboshi MFY ga 1 dona TP olib kelindi, Jarquduq MFY yangi nimstansiyaga ulandi hamda 22 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi, Yuksalish MFYga 50 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi, Nurdum MFY ga 2 dona TP o‘rnatildi, Qilichli MFYga 263 dona temir beton ustunlari, 3 dona transformator hamda  10 km havo tarmog‘i tortildi, Oltinsoy MFYda 50 dona temir beton ustunlari, 2 dona trasformator hamda 2.1 km tarmoq tortildi, Olg‘a MFY da 18 dona temir beton ustunlari, 1 dona transfarmator hamda 0.8 km havo tarmog‘i tortildi, Chorvador MFY 32 dona temir beton ustunlari, 2 dona transformator hamda 1,4 km havo tarmog‘i tortildi. Mash’al MFY  1 dona TP o‘rnatildi, Nurbuloq MFY da 10 dona temir beton ustunlari o‘rnatildi, Amir Temur MFYda 1.5 km yangidan kabel tarmog‘i yotqizildi, Chorvador MFY Myexr q/qda Nimstansiya qurilmoqda.

Ko‘p qavatli uy-joylar bo‘yicha (BSK)

Nurobod tuman hududida umumiy 103 ta ko‘p qavatli uy-joylarda 2328 ta xonadon mavjud bo‘lib, shundan 7 tasi 5 qavatli, 83 tasi 4 qavatli, 7 tasi 3 qavatli, 6 tasi 2 qavatli ko‘p xonadonli uy-joylardan iborat.

A.Temur, Navro‘z, Sharq Yulduzi mahallalaridagi 8 ta ko‘p qavatli uylardagi ta’mirtalab elektr shitlar joriy ta’mirlandi.

8 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning kirish yo‘laklariga harakat datchikli tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, 7 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning oqova yotiq quvurlari joriy ta’mirlandi, 4 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning uy ichidagi muhandislik tarmoqlari joriy ta’mirlandi, 8 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning tom qismi mukammal ta’mirlandi, 4 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning tom qismi joriy ta’mirlandi,  5 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning 7 ta kirish yulaklari mukammal ta’mirlandi, 3 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlarida 400 kv.m betonlash ishlari amalga oshirildi,  5 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning tutash hududlaridagi bolalar maydonchalari joriy ta’mirlandi.

Ichimlik suvi ta’minoti

- Xalqobod mahallasi hududida joylashgan ichimlik suv inshootida 1 dona nosoz holatdagi suv haydash nasosi ( K65-50-160-rusumli ) yangi  o‘rnatildi, 1 dona boshqaruv qutisi (kaskad) o‘rnatilib ishga tushurildi.

- Sharq Yulduzi mahallasidagi suv inshooti minorasiga 1 dona DU-100 RU-16 rusumli zadvijka o‘rnatilib ishga tushurildi.

- Nurobod shahri aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi Janub suv inshootiga 1 dona suv yangi nasos, markaziy suv tarmog‘iga26 tarmoqqa 1 dona    DU-200 mm RU-16 va 2 dona 200 mm li flanislar o‘rnatilib ishga tushurildi.

- Ulus mahallasi hududida joylashgan Sharq Yulduzi va Ma’shal mahallari aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi Oqsuv suv inshootida 120 metr suv kutarib berish tarmog‘i montaj qilinib elektir ximoya qurilmalari ta’mirlanib, 1 dona suv haydash nasosi o‘rnatilib suv tarmoqlari buyoq qilinib ishga tushurildi.

- Girdiqurg‘on mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv inshootiga 1 dona suv xaydash nasosi o‘rnatilib inshoot ishga tushurildi.

- Jom mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv inshooti           1 dona suv haydash nasosi o‘rnatilib suv kutarib berish tarmog‘i 160 metr montaj qilinib ishga tushurildi.

- Xalqobod va Ulus mahallari aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv inshootiga 1 dona zadvejka (D-80), 1 dona suv nasosi o‘rnatilib hamda elektr himoya qurilmasi ta’mirlanib ishga tushurildi.

Yashil makon umummilliy loyihasi borasida

Nurobod tumanida jami bo‘lib bahor mavsumida 600 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish belgilangan.

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 645,9 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Foiz sifatiga 107,7 % ga bajarildi.

2024-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurobod tumaniga 402 ming 600 dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 658 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib borildi.

 

Qishloq xo‘jaligi sohasida 4020 tonna g‘alla, 1628 tonna paxta, 9128 tonna sabzavotlar, 220  tonna kartoshka, 3350 tonna poliz mahsulotlari, 4387 tonna mevalar, 18 tonna pilla, 16 100 tonna tirik vazinda go‘sht hamda 37400 tonna sut tayyorlandi.

Co‘nggi yillarda meva-sabzavotchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar ham o‘z natijasini bermoqda. Bu yil 2,5 million AQSH dollari qiymatidagi 110,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya, Xitoy, Turkiya, Ukraina, AQSH, Polsha, Germaniya va Kanada kabi 15 ta davlatlarga eksport qilindi.

Keyingi yillarda chorvachilik sohasini tubdan isloh qilinishi natijasida joriy yilda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan umumiy qiymati
8,3 mlrd. so‘mlik 2 ta loyihalar amalga oshirildi.

Suvni tejash va undan samarali foydalanish maqsadida joriy yilda 1,080 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilib, 2025 yilda ham 1,100 gektar maydonda joriy etish rejalashtirilmoqda.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar