insurez

Nurobod tumanida 2025-yil 2-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

Nurobod tumanida 2025-yil 2-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga qarorga asosan 2025-yil 1-aprel holatiga 2025-yil 1-chorak daromadlarning hisobot choraklari yakunilari bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 891,0 mln.so‘m, 2024-yil 1-2 mavsumlardan iqtisod qilingan mablag‘ning 9,3 mln.so‘m, tuman budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 10 148,0 mln.so‘m, jami 11 949,2 mln.so‘m ajratilgan mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.

 

2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:

 

Tashabbusli budjet jarayonlarining 2025-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan 12 ta loyihalarning bugungi kundagi amalga oshirilayotgan ishlari to‘grisida:

Jumladan:

1. Qo‘rg‘oncha MFY ning “Qo‘rg‘oncha” MFY 4-N 632 “Sepki–Olti o‘g‘il" qishlog‘i avtomobil yo‘lini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 485,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “XURSHID TRANS-KATK” MCHJ bilan 1 250,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

2. Navbahor MFY ning “Navbahor MFY Xirkak guzaridan Yangiobod guzarigacha bo’lgan ichki yo‘lni asfaltlashtirish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “ZARKENT OMAD TRANS” MCHJ bilan 1 291,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

3. Arabota MFY ning “Savuryog‘och guzari 10-tor 10-11 kuchalar 64-maktab filial oldigacha ichki yullarini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “INOMBEK UNIVERSAL QURILISH” MCHJ bilan 1 260,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

4. Jarquduq MFY ning “Jarquduq MFY ichki kuchalariga asfalt qoplamasi yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “XURSHID TRANS-KATK” MCHJ bilan 1 246,1 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

5. Buloqboshi MFY ning “Sepki qishlog‘i qabristonini obodonlashtirish” taklifini amalga oshirish uchun Nurobod tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga 1 500,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, loyihachi “YO'L DIZAYN AC” MCHJ bilan 21,4 mln. so‘mlik loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda pudratchi aniqlanish jarayonida.

6. Ag‘ron MFY ning “Agʻron va Navbahor MFY lar oʻrtasidagi asosiy yoʻlni asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “ZARKENT OMAD TRANS” MCHJ bilan 1 252,2 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

7. Jom MFY ning “23-maktabning yuqori qismidan Dukur guzari 24-maktabgacha bo‘lgan ichki yoʻliga asfalt qoplamasi yotqizish”  taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “QURUVCHI BUNYODKOR DIZAYN SARVIS” MCHJ bilan 1 250,3 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

8. Jom MFY ning “Jom qishlog’idan Tinchlik qishlog’iga boradigan ichki yo’lga asfalt qoplamasini yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “XURSHID TRANS-KATK” MCHJ bilan 1 252,2 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

9. Qo‘rg‘oncha MFY ning “4-N 632 “Sepki–Olti o‘g‘il" qishlog‘i avtomobil yo‘lining 2-1 kilometri qismini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “XURSHID TRANS-KATK” MCHJ bilan 1 250,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.

10. Mash’al MFY ning “Tuman tibbiyot birlashmasida tuman tez tibbiy yordam bo‘limi uchun yangi bino qurish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand viloyati hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati"" DUK ga 1 500,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, loyihachi “TURON LOYIHA” MCHJ bilan 35,6 mln. so‘mlik loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda pudratchi aniqlanish jarayonida.

11. Ulus MFY ning “Ulus qishlog‘idagi 3-maktab sobiq binosini qayta ta’mirlash va ishga tushirish” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand viloyati hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati"" DUK ga 1 500,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “DILSHODA OBOD QO`RG`ON” MCHJ bilan 1 421,2 mln. so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda qurilish ishlari davom etmoqda.

12. Boshquduq MFY ning “30V053-sonli Nurbuloq-Boshquduq-Ulus yo‘lning 9-12 km qismini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun "Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUK ga 1 499,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “TEX NUR KAFOLAT” MCHJ bilan 1 261,2 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari yakunlangan.

 

A.Xudayberdiyev,

Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshligi o‘rinbosari

Hujjatlar


Teglar