insurez

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)

Nurobod tumani Gʻaznachilik xizmati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 apreldagi O‘RQ-684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonuni talablariga asosan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, 2024 yil 1 oktyabr holatiga tuman Gʻaznachilik xizmati bo‘limi tomonidan 2924 ta umumiy summasi 83 360,6 mln so‘mlik shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shundan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 5-6-8-boblariga asosan elektron dukon, elektron auksion va elektron tender savdolari natijalari bo‘yicha shakllangan 1667 ta umumiy summasi 35 338,4 mln so‘mlik, “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonunning 71-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 34 ta umumiy summasi 6 271,6 mln so‘mlik, “Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentabrdagi PQ-3953-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorining tegishli bandlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan 945 ta umumiy summasi 25 553,7 mln so‘mlik, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 72-moddasiga asosan yagona yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan 237 ta umumiy summasi 15 904.4 mln so‘mlik, Davlat xaridlari to‘g‘risida” gi Qonunning 61-moddasi 7-xatboshiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan 41 ta umumiy summasi 292,5 mln so‘mlik shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan ushbu ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarning yagona reyestridagi axborot to‘lov undirilmagan holda tanishib chiqish uchun ochiqdir.
Shuningdek Nurobod tumani Gʻaznachilik xizmati bo‘limi tomonidan muntazam ravishda buyurtmachilar va tovar(ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan Davlat xaridlari soxasidagi qonunchilik shartlari bo‘yicha tushuntirish va seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. 
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 9-bob 71-moddasiga asosan asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridi;
favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
sud muhokamasida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xaridi;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining mazkur intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxsdan davlat xaridi;
narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar