17-TEPAQUL HAMDA 18-BUNYODKOR SAYLOV OKRUGLARI BO‘YICHA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATLIGIGA SAYLOV O‘TKAZISH HAQIDA
17-TEPAQUL HAMDA 18-BUNYODKOR SAYLOV OKRUGLARI BO‘YICHA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATLIGIGA SAYLOV O‘TKAZISH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201 va 93-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-maydagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1438-sonli qaroriga asosan, Nurobod tuman saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-maydagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1438-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ushbu qarorga muvofiq, 17-Tepaqul hamda 18-Bunyodkor saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovi 2025-yil 15-iyun yakshanba kuni o‘tkazish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 17-Tepaqul hamda 18-Bunyodkor saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari (N.Safarov)ga bo‘shab qolgan o‘ringa saylov bo‘yicha saylov jarayoni ishtirokchilari bilan munosabatlarni
“E-saylov” axborot tizimi orqali belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. Tuman saylov komissiyasi kotibi (A.Boymurodov) ga 17-Tepaqul hamda 18-Bunyodkor saylov okruglari tarkibiga kiruvchi № 553, 554, 568, 569-saylov uchastkasidagi saylovchilar soniga aniqlik kiritish hamda uchastka saylov komissiyalari faoliyatini boshlaganidan so‘ng saylovchilar ro‘yxatini yakuniy variantini shakllantirish va saylovchilarni ovoz berish kuni haqida xabardor qilish choralarini ko‘rish topshirilsin.
5. Mazkur qaror Nurobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan rasmiy siyosiy partiyalarning tuman bo‘limlariga hamda tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan ijrochilarga yuborilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Tuman saylov komissiyasi raisi N.Jalaliddinov
08-may, 2025-yil. 1-son
Hujjatlar yo'q