Ziyoratgohlarda zamonaviy sharoitlar yaratish — sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirishning asosiy omili
Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdihakimov hamda mutasaddi rahbarlar tumanning Oqsoy mahallasida joylashgan “Hazrati Dovud” ziyoratgohida bo‘lib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ziyoratgoh hududida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida ziyoratgohga olib boruvchi yo‘lning ta'mirtalab qismlariga asfalt yotqizish, suv oqimlarini tartibga solish uchun betonlashtirish ishlari, hududni raqamlashtirish va zamonaviy infratuzilma yaratish choralari ko‘rilmoqda.
O‘rganishlar davomida mavjud infratuzilmani yanada rivojlantirish, xalqaro va mahalliy sayyohlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini doimiy nazorat qilish bo‘yicha tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.