Yoshlarning taklif, murojaat va muammolari o'rganilmoqda
Bugun Nurobod tumanida Respublika Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi I.Raxmatov, Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i S.Boboyev hamda tuman mas’ullari joylarda yoshlar bilan uchrashib, ularning takliflari, murojaatlari va muammolarini o‘rgandi.
Xususan, Nurobod tumani Yoshlar markazida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar tomonidan yo‘llangan har bir taklif va murojaatlar mas’ullar tomonidan qayd etilib, tegishliligicha ko‘rib chiqilishi belgilandi.