Yoshlar — kelajak tayanchi
Nurobod tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning hayotda munosib o'rin topishlariga ko'maklashish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, tuman Yoshlar markazida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 39-Sobirsoy okrugidan saylangan deputat G.Mirzayeva tuman yoshlari bilan uchrashuv o'tkazib, ularning taklif, savol va tashabbuslarini tingladi.
G.Mirzayeva yoshlarga yurt ravnaqi uchun xizmat qiladigan munosib kadr va har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun har bir fursatni qadrlash, astoydil va puxta bilim olish bo'yicha kerakli tavsiya va maslahatlar berdi.