insurez
25-01-2025 13:34

Yoshlar — kelajak bunyodkori


Nurobod tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning hayotda munosib o'rin topishlariga ko'maklashish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, tuman hokimining yoshlar siyosati masalalari bo'yicha o'rinbosari S.Xujamiyarov tumanning olis Nurafshon mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlarida bo'lib, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda hudud yoshlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning talab va istaklari, muammolari tinglandi hamda ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunar va chet tillarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish yo'lida kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, S.Xujamiyarov mahallada joylashgan umumta'lim maktabiga ham tashrif buyurib, maktabdagi darslar jarayoni, faoliyat ko'rsatayotgan sport va fan to'garaklari, kutubxona fondi va kompyuter-savodxonlik xonalarini ko'zdan kechirdi.
 

Teglar
- -