insurez
31-01-2025 15:18

Yoshlar bilan ishlash –  ustuvor vazifa


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman prokurori J.Abdihakimov, DXX tuman bo'linmasi, tumandagi barcha mahallalar yettiliklari a'zolari ishtirokida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda 2024-yil davomida mahalla faollari va mas'ul tashkilotlar tomonidan yoshlar bilan tizimli ishlash borasida erishilgan yutuqlar hamda yo'l qo'yilgan kamchilik va sustkashliklar batafsil muhokama etildi.

Yakunda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ular o'rtasida jinoyatchilik holatlarining oldini olish, bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlarini tashkil etish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi yuzasidan mas'ullarga kerakli vazifa va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -