"Yoshlar balansi"ni shakllantirish jarayoni o'rganildi
Bugun Nurobod tumani hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarov tumanning Nurafshon mahallasida bo'lib, mahalla yoshlari orasida o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarining borishi bilan tanishishdi.
"Yoshlar balansi"ni shakllantirish yuzasidan hududda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan xatlov ishlari holati o'rganilib, yoshlarning bildirgan taklif va tashabbuslari, yo'llagan murojaat va takliflarini jamlash bo'yicha mas'ullarga kerakli tavsiyalar berildi.