Yangi ish o‘rinlari, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, jinoyatchilikka qarshi kurashish – uchrashuv kun tartibida
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida tumanning Boshquduq va Yuksalish mahallalari aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ta’lim sifati, tibbiy xizmatlar, yo‘llar ta’miri, qurilish, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi, ijtimoiy yordam va boshqa masalalar tinglandi.
Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish, tomorqalardan unumli foydalanish va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha masalalar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tuman hokimi dabdabali to‘ylar va tadbirlardan ko‘ra, farzandlar tarbiyasi va ta’limiga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini alohida ta’kidladi.