insurez
03-07-2025 10:57

Yangi ish kuni aholi bilan muloqotdan boshlandi


Bugun erta tongdan Nurobod tumani Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga joyida yechim topish maqsadida tuman hokimi M.Buranov rahbarligida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, tumanning Sazag‘on mahallasidagi mavjud muammolar — obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy va qurilish masalalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklarni hal etish bo‘yicha amaliy rejalar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish va ochiq muloqot muhitini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -