XUSHXABAR: Nurobodlik mirishkor paxtakorlar viloyatda birinchilardan bo‘lib paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi
Nurobodlik mirishkor paxtakorlar viloyatda birinchilardan bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini 101 foizga bajardi. Nurobod tumani ayni vaqtda joriy yil hisobidan viloyatda rejani bajargan ilk tuman hisoblanadi.
2025-yil paxta hosili uchun 35 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 600 gektar yer maydonlariga g‘o‘zaning serhosil navi ekilib, 2 ta “Samarkand kamalak invest” MCHJ va “Kattaqurgan claster” MCHJ klaster korxonalari bilan birgalikda 1550 tonna paxta xom ashyosi xirmoni yaratildi.
Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, sifatli va tez fursatlarda yig‘ishtirib olish maqsadida tumanda 10 ta paxta terim otryadlari tashkil etilib, 1500 ga yaqin vaqtincha ishsiz fuqarolar paxta yig‘im-terimida faol ishtirok etishdi.
Bugungi kunda tumandagi fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida paxta hosili yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.