insurez
08-05-2025 10:41

Xotira – muqaddas, jasorat – mangu


Nurobod tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi.

Bayram tabdirlari tumandagi "Xotira maydoni"dan boshlandi.

Tadbirda tuman hokimi M.Buranov, korxona va tashkilot rahbarlari, faxriylar, urush va mehnat fronti qatnashchilari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab 2-jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olinib, ularning shonli jasorati oldida bosh egildi va Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Bayram davomida ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashish, qahramonlar jasoratini yod etishga qaratilgan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilib, Vatanni, tinchlikni, mardlik va jasoratni ulug'lovchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Vatan tinchligi, xalq farovonligi, farzandlar istiqboli yo'lida mardlarcha kurashgan ajdodlarimiz xotirasini asrab-avaylash, ularning qahramonlik yo‘lini davom ettirish – har birimizning muqaddas burchimizdir.

Teglar
- -