Xotin-qizlar faollarining yillik faoliyati sarhisob etildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida uman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Haqqulova rahbarligida mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar faollarining yil davomida olib borgan faoliyati sarhisob qilindi.
Dastlab I.Haqqulova yig'ilish ishtirokchilariga yil yakuni bo‘yicha hisobotini taqdim etib, unda bo‘lim tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to'g'risida atroflicha ma'lumotlar berildi.
Yig'ilish davomida xotin-qizlar faollarining 2024-yildagi faoliyati davomida yo'l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan natijalar batafsil tahlil etilib, 2025-yilda xotin-qizlar faollari oldiga qo‘yilayotgan vazifalar, xususan, erta nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ustuvor vazifa va rejalar belgilab olindi.
Yakunda 2024-yilda eng samarali faoliyat yuritgan, yuqori ko'rsatkichlarga erishga xotin-qizlar faollariga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.