insurez
19-01-2026 19:45

Xalq bilan bevosita muloqot orqali muammolar manzilli hal etilmoqda


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Fuqarolar qabuli davomida aholi tomonidan bandlikni ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, gaz va elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash, kadastr masalalari, aliment undirish, ijtimoiy va moddiy yordamlar kabi qator dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Tuman hokimi tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -