insurez
08-10-2025 18:08

Uch avlod uchrashuvi — Vatanparvarlik timsoli


Bugun Nurobod tumani Ittifoq mahallasida yoshlar tarbiyasi va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda tuman hokimligi, Markaziy harbiy okrug faxriylar kengashi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi, 36184-harbiy qism harbiy xizmatchilari, mahalla nuroniylari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida nuroniylarimiz o‘zlarining hayot yo‘llari, boshdan kechirgan sinovlari hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida yoshlarga so‘zlab berishdi.

Ular yoshlarni Vatanga sadoqatli bo‘lish, ota-bobolarimiz merosiga hurmat bilan qarash, har qarich tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrash ruhida tarbiyalash lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, faxriylar yosh avlodga o‘zlarining tajribalaridan saboq bo‘ladigan ibratli hikoyalar aytib, har bir yigit-qizni ona yurt taraqqiyoti uchun fidokorlik bilan xizmat qilishga chorladilar.

Teglar
- -