insurez
24-10-2025 18:06

Tumanning eng olis hududlaridan biri - Sahoba mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning eng olis hududlaridan biri — Sahoba mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Dastlab tuman rahbari mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, ularning aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga vazifalar berildi. 

Mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, aholi turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgan yangi loyihalar ishlab chiqish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -