insurez
29-11-2025 12:29

Tepaqul mahallasi yangi qiyofada: obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda


Nurobod tumani Tepaqul mahallasida aholi tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari hududning ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib, uni yanada chiroyli, qulay va zamonaviy maskanga aylantirmoqda. Mahallaning kirish qismidan tortib ichki ko‘chalargacha bo‘lgan hududlarda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani mahalla aholisining o‘zaro hamjihatligi va bir maqsad yo‘lida birlashganligidan dalolatdir.

Mahallaning asosiy kirish qismida zamonaviy stella bunyod etilayotgani nafaqat hududning tashqi qiyofasini yaxshilaydi, balki mahallaga kirib kelayotgan fuqarolar va mehmonlar uchun estetik ko‘rinish yaratadi.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘laklari barpo etilmoqda. Bu yo‘laklar piyodalar harakatlanishini yengillashtirib, bolalar, maktab o‘quvchilari va keksa odamlarning xavfsiz yurishi uchun sharoit yaratadi. Yo‘laklar zamonaviy talablarga mos ravishda qurilib, yo‘lak bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan.

Hududda amalga oshirilayotgan barcha ishlar mahalla aholisi tashabbusi, faolligi va o‘zaro hamkorligi bilan tashkil etilmoqda. Fuqarolarning uyushqoqligi, bir-biriga ko‘mak berishi va mahalla ravnaqiga befarq bo‘lmasligi tufayli Tepaqul bugun tobora obod qiyofa kasb etmoqda. Mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va tadbirkorlar birgalikda hudud obodligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishmoqda.

Teglar
- -