insurez
03-07-2025 09:12

“Tepaqul” mahallasi sportchi qizlari – “Besh tashabbus olimpiadasi” Respublika bosqichida faxrli o'rinlarda


Andijon viloyatidagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha “A” liga Respublika bosqichi musobaqasida Nurobod tumani “Tepaqul” mahallasi yoshlari bo‘lgan 22–26 yosh toifasidagi qizlar faxrli 2-o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida tashkil etilgan “B” liga Respublika bosqichi musobaqasida 27–30 yosh toifasida ishtirok etgan “Tepaqul” mahallasi sportchi qizlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib sportchilarimizni tabriklab, ularga yangi zafarlarga boy sport yo‘lida omad tilaymiz!

Teglar
- -