insurez
13-01-2026 18:04

Tegirmonboshi mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda


Ayni kunlarda Nurobod tumanining Tegirmonboshi mahallasi hududida aholi, mahalla faollari hamda homiylar tashabbusi bilan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, mahalla hududida hashar yo‘li bilan ichki yo‘laklarni tartibga keltirish, piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo‘laklar barpo etish, manzarali va mevali ko‘chatlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar natijasida mahalla qiyofasi tobora o‘zgarib, yanada obod, fayzli va zamonaviy ko‘rinish kasb etmoqda.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari fuqarolar va avtomobillar harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, ichki yo‘llarning holati yaxshilanmoqda, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining birdamligi, tashabbuskorligi va hamjihatligi samarasida amalga oshirilayotgani e’tiborga molik bo‘lib, bu jarayonda homiylar tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar mahalla qiyofasini yanada o'zgartirib, aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Teglar
- -