Ta’lim muassasalarini jihozlash bo‘yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani 61-umumta'lim maktabida "Ta’lim muassasalarini jihozlash" mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari S.Xujamiyarov, umumta'lim maktabi direktorlari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida hududdagi ta'lim muassasalarini zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulay va samarali ta’lim muhitini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, interfaol o‘quv jihozlari, elektron doskalar va texnik vositalarning ta'lim jarayonidagi o‘rni, ularni samarali qo‘llash bo‘yicha tajribalar almashildi.
Amaliy seminar davomida ta’lim muassasalarini jihozlash borasidagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida o‘z fikrlar bildirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.