insurez
26-11-2025 15:31

Sun’iy intellekt, kompyuter texnologiyalari, dasturlash va IT yechimlari, robototexnika, innovatsion texnologiyalar mutaxassislari diqqatiga!


Sun’iy intellekt, kompyuter texnologiyalari, dasturlash va IT yechimlari, robototexnika, innovatsion texnologiyalar mutaxassislari diqqatiga!

Bugungi kunda dunyoda va mamlakatimizda sun’iy intellekt, robototexnika, innovatsion texnologiyalar hamda raqamli yechimlarga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Ushbu jarayonlar davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ta’lim, xizmat ko‘rsatish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda zamonaviy yondashuvlarni talab qilmoqda.

Shu munosabat bilan Nurobod tumani hokimligi sun’iy intellektdan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli boshqaruvni takomillashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan tajribali mutaxassislarni izlamoqda.

Quyidagi yo‘nalishlarda chuqur bilim va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar murojaat qilishlari mumkin:

— Sun’iy intellekt (AI) va neyrotarmoq texnologiyalari,
— Robototexnika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari,
— Kompyuter texnologiyalari, dasturlash va IT yechimlari,
— Innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish, tahlil qilish va joriy etish,
— Raqamli boshqaruv hamda ma’lumotlar bilan ishlash madaniyati.

Ushbu talablarga javob beruvchi, o‘z ustida ishlaydigan, yangilikka intiluvchan va zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar Nurobod tumani hokimligiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: +99893-352-21-24

Teglar
- -