Sifatli ta'lim va tarbiya — maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy maqsadi
Bugun Nurobod tumani hokimi M. Buranov tumandagi 1- va 8-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lib, bolajonlarning sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O'rganishlar davomida DMTT lardagi tarbiyalanuvchilarning ta'lim-tarbiya jarayoni, ovqatlanish sifati, gigiyena va xavfsizlik talablari asosida yaratilgan muhit ko'zdan kechirildi.
M.Buranov maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilarning salomatligi va intellektual rivojiga e'tibor qaratish muhimligini ta'kidladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash va tarbiyachilar malakasini oshirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.