insurez
20-06-2025 16:53

Sayyor qabul: muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi


Bugun Nurobod tumanining Nurdum mahallasida viloyat hokimi o‘rinbosari, 3-sektor rahbari Sh.Xudoyberdiyev hamda Nurobod tumani hokimi M.Buranov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, bandlik, ijtimoiy himoya, elektr energiyasi, gaz, sog‘liqni saqlash va boshqa turli yo‘nalishlardagi muammolar yuzasidan murojaatlar yo'llandi. 

Viloyat va tuman rahbarlari tomonidan aholining bildirgan murojaatlari asosida muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Bunday sayyor qabullar joylarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni tizimli hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Teglar
- -