insurez
26-11-2025 14:17

“QON BU – HAYOT” DONORLIK AKSIYASIDA FAOL QATNASHING


Joriy yilning 28-noyabr kuni Nurobod tumani tibbiyot birlashmasida viloyat Qon quyish markazining sayyor guruhi tomonidan
“Qon bu – hayot” hamda “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiorlari ostida donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.

Ushbu xayriya tadbirida Nurobod tumani hokimligi ishchi xodimlari hamda barcha fuqarolarni beg‘araz donor sifatida faol ishtirok etishga taklif etamiz.

❗️ Muhim ma’lumotlar:

- Aksiya mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

- Donor sifatida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qatnashishi mumkin.

- O‘zingiz bilan fuqarolik pasporti olib kelishingiz shart.

Donorlik – bu inson hayotini saqlab qolishning eng ulug‘ va savobli amallaridan biridir. Har bir tomchi qon — bir insonning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Maqsadimizga befarq bo‘lmay, ko‘rsatadigan amaliy ko‘magingiz va faol ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,
Nurobod tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi

Murojaat uchun: +998902135380

Teglar
- -