insurez
23-01-2025 15:55

Po'latchida sport musobaqalari oʻtkazildi


Nurobod tumanida yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugun tumanning Po'latchi mahallasida joylashgan 67-umumta'lim maktabida sportning shaxmat, shashka va armrestling turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.

Qiziqarli va murosasiz ruhda o'tgan musobaqalar yakunida mahalladagi eng iqtidorli sportchi yoshlar aniqlab olindi.

Teglar
- -