Po'latchida mehnat yarmarkasi o'tkazildi
Bugun Nurobod tumanining Po'latchi mahallasida tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo'limi tomonidan tumandagi ishsiz fuqarolar va yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarka davomida 10 dan ortiq ishsiz fuqarolarning o‘zlariga mos ish o‘rinlariga joylashishlari uchun tegishli yo‘llanmalar berildi.