insurez
23-01-2025 12:26

Po'latchi fuqarolarining murojaat va takliflari tinglandi


Bugun Nurobod tumanining Po'latchi mahallasida tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari A.Otamurodovning sayyor qabuli o'tkazildi.

 

Unda tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari, Po'latchi mahallasi fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.

 

Qabul davomida fuqarolardan 50 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

 

Murojaatlar asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, ichki yo'llar ta'miri, bank xizmatlari, probatsiya, tibbiyot va ijtimoiy yordam kabi masalalar yuzasidan yo'llandi.

 

Aksariyat murojaatlar shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, ijrosi muddat va o'rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Teglar
- -