insurez
30-01-2025 16:02

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud topgan kuniga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi


Bugun Nurobod tumanining 2-umumta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud topgan kuniga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

 

"Siz doimo qalbimizdasiz!" shiori ostida o'tkazilgan ushbu tadbir Milliy Gvardiya tuman bo'limi hamda maktab ma'muriyati hamkorligida tashkil etildi.

 

Tadbir davomida o'quvchilarga Islom Karimovning butun hayot yo'li, siyosiy faoliyati, Respublikamiz mustaqilligining e'lon qilinishi va yurtimizning istiqlol yillaridagi rivoji bayon etilgan hujjatli film namoyish etildi.

Teglar
- -