insurez
21-10-2025 15:57

Ona tilim – Jonu dilim


Har bir xalqning ruhi, uning tarixiy xotirasi va ma’naviyatini ifoda etuvchi eng muhim boylik — bu ona tilidir.
21-oktabr — "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Nurobod tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ona tilim – Jonu dilim” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari orqali ifoda etdilar.
Ularning chiqishlarida o‘zbek tilining boyligi, ohangdorligi, milliy ruh va qadriyatlarimiz bilan uzviy bog‘liqligi yuksak mahorat bilan aks etdi.

O‘zbek tili — bu xalqimizning milliy g‘ururi, vatanimizning yurak tovushidir.
Uni ardoqlash — Vatanga bo‘lgan muhabbatning eng yuksak ifodasidir.

Teglar
- -