insurez
25-11-2025 16:01

Oila qurayotgan yoshlar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi


Nurobod tumanida oila qurayotgan yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. 
Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDYo bo‘limi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamkorligida tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida yoshlarning ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularni oilaviy munosabatlar madaniyati, reproduktiv salomatlik, shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati, uning nikoh guvohnomasidan farqi, shartnomaning shakli va qonuniy kuchga kirish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, hayotiy misollar asosida olib borilgan psixologik suhbatlar, oilada er-xotin psixologiyasining o‘rni mavzusidagi ochiq muloqot yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajargan yosh oila quruvchi juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
 

Teglar
- -