insurez
21-10-2025 12:23

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi – tozalik va bunyodkorlik birligimiz ifodasi


Yurtimiz bo‘ylab “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Nurobod tumanida ham ushbu xayrli ishlarda mahallalar aholisi hashar tadbirlarida faol ishtirok etib, o‘zi yashab turgan hududini yanada go‘zal, toza va fayzli maskanga aylantirishga hissa qo‘shmoqda.

Hasharlar davomida yo‘l yoqalari, qabristonlar, ko‘p qavatli uylar atrofi, hovlilar, zovurlar, korxona va tashkilotlar binolari tartibga keltirilmoqda.

O‘zbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lgan hashar — bu nafaqat jismoniy mehnat, balki mehr va muruvvat, hamjihatlik va oqibat timsolidir.

Shunday ekan, barcha fuqarolarni ushbu xayrli va bunyodkorlik ishlarida faol bo‘lishga chorlaymiz.

Teglar
- -